Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2018 yil 9 oylik yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llai davlat qo'mitasining asosiy faoliyat ko'satkichlari to'g'risida taxliliy ma'lumot.

6604 6-Noyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 233 Kb)


T/r Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar O'lchov birligi 2017 y 9 oylik amalda 2018 y 9 oylik amalda 2017 yilning 9 oylikka nisbatan(%)
Bajarilgan ish xajmi, jami

mlrd.so'm 1223,6 1908,0 155,9
shu jumladan:
1 Investitsiya dasturi bo'yicha mlrd.so'm *373,1 *534,9 143,4
km 161,6 165,2 102,2
2 To'la ta'mirlash ishlari mlrd.so'm 136,2 227,6 167,1
km 134,0 137,4 102,5
3 Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash mlrd.so'm 232,5 255,0 109,7
km 2180,0 2321,0 106,5
4 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari mlrd.so'm 481,7 890,5 184,9
km 2120,0 2950,0 139,2
5 Sanoat ishlab chiqarish xajmi mlrd.so'm 206,2 265,7 128,9
6 Yangi ishjoylarini yaratish kishi 297 579 195,0
7 Qora metall chiqindilarini topshirish tonna 12778,0 12815,0 100,3

* Xalqaro moliya institutlari mablag'lari hisobiga, xorijiy pudrat korxonalari tomonidan bajarilgan ish hajmi bilan birga.


Qo'mita tizimidagi korxona va tashkilotlarda 2018 yilning 9 oy davomida Investitsiya dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 534,9 mlrd. so'mlik  qurish va rekonstruktsiya qilish  ishlari amalga  oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2017 yilning xuddi shu davriga nisbatan  143,4 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 137,4 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilining 9 oyligiga nisbatan 167,1 foizni tashkil qiladi.

2017-2018 yillarning 9 oylik yakunlariga  ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqoslama  diagrammasi


2018 yilning 9 oylik yakunlari bo'yicha Respublikamizdagi 2321 km mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlandi.Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 119,0 km, Andijonda 248,4 km, Buxoroda 170,2 km, Jizzaxda 129,2 km, Qashqadaryoda 216,7 km, Navoiyda 155,3 km, Namanganda 200,4 km, Samarqandda 216,0 km, Surxandaryoda 276,8 km, Sirdaryoda 100,9 km Toshkent viloyatida 154,5 km, Farg'onada 195,8 km, Xorazmda 101,0 km hamda Toshkent shahrida 36,8 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan  106,5 foizga oshgan.

 

 

 

2018 yil 9 oylik yakunlariga ko'ra mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash (hududlar kesimidagi diagramma)

 

 

2018 yil 9 oydavomida Respublika bo'yicha avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagi yo'llardan 890,5 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2017 yilining  9 oyligiga qaraganda 184,9 foizni tashkil etadi.

Qo'mita tizimidagi korxonlar tomonidan 2018 yil 9 oyligida  265,7 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mazkur ko'rsatkich 2017 yilining    9 oyligiga nisbatan 128,9 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.

Tizim korxonlari tomonidan 2018 yil 9 oyligida 579 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2017 yilining mos ravishdagi tegishli davriga qaraganda qariyb ikki baravar ortib,195,0 foizni tashkil etadi.

Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirish ko'rsatkichi 2018 yil 9 oyligida 12815 tonnani tashkil etadi. Bu qariyb o'tgan yilgi darajada qolib, kamayishga yo'l qo'yilmagan.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil  yo'llari davlat qo'mitasining 2018 yil 9 oyligida – umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 1908,0 mlrd. so'mlikdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning 9 oyligiga nisbatan bir yarim baravardan  ziyodga oshib, 155,9 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali