Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2019 -2020 yillar I -yarim yillik yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasining asosiy faoliyat ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy MA'LUMOT

2591 3-Sentyabr, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 110 Kb)


T/r Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar O'lchov birligi 2019 y I-yarim yillik amalda 2020 y I-yarim yillik amalda O'tgan yilga nisbatan(%)
Bajarilgan ish xajmi, jami

mlrd.so'm 1693,3 2041,2 120,5
shu jumladan:
1 Investitsiya dasturi bo'yicha mlrd.so'm 500,9 517,7 103,3
km 58,6 59,3 101,2
2 To'la ta'mirlash ishlari mlrd.so'm 89,5 90,2 100,7
km 45,5 48,0 105,5
3 Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash mlrd.so'm 326,8 626,7 191,8
km 2277,0 1268,2 56
4 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari mlrd.so'm 776,1 806,6 104
km 1144 1368 119,5
5 Yangi ishjoylarini yaratish kishi 280 11774 42 barovar o'sish


Qo'mita tizimidagi korxona va tashkilotlar  2020 yil  I-yarim yillikda Investitsiya dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 517,mlrd. so'mlik  qurish va rekonstruktsiya qilish  ishlari amalga  oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2019 yilning xuddi shu davriga nisbatan  103, 3 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 90, 2 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilga  nisbatan 100, 7 foizga teng.

 

2019-2020 yillar  I-yarim yillik yakuniga ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqqoslama diagrammasi



2020 yil I-yarim yillik yakuni bo'yicha Respublikamizdagi 1268,2 km mintaqaviy avtomobil yo'llari ta'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida  56,0 km, Andijonda 106,2 km, Buxoroda 92,2km, Jizzaxda 71,4 km,  Qashqadaryoda 168,7 km, Navoiyda 60,8 km, Namanganda 97,3 km, Samarqandda 124,5 km, Surxandaryoda 92,0 km, Sirdaryoda 74,1 km, Toshkent viloyatida 92,5 km, Farg'onada 69,9 km, Xorazmda 93,4 km hamda Toshkent shahrida  69,2 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida  ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan  56 foizni tashkil etadi.

 

2020 yil I-yarim yillik yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil  yo'llarini ta'mirlash (xududlar kesimidagi diagramma)





2020 yil I-yarim  yillikda Respublika bo'yicha  avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagi yo'llardan 1368,0 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2019 yil           I-yarim yillikka qaraganda 119,5 foizni tashkil etadi.

Tizim korxonlari tomonidan 2020 yil I-yarim yilligida 11774 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2019 yilining mos ravishdagi tegishli davriga qaraganda 42 barovar oshgan.

Xulosa qilib aytganda, Avtomobil  yo'llari qo'mitasining 2020 yil  I-yarim yillikda    – umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 2041,2 mlrd. so'mdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan  120,5 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali