Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

5 oy davomida qilingan ishlar haqida ma'lumot

5872 24-Iyun, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 21 Kb)


2019-yilning 5 oyi davomida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi tizim korxonalari tomonidan jami 1627,8 mlrd. so'mlik qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarildi.

Jumladan, avtomobil yo'llarini qurish va qayta qurish dasturlari bo'yicha 424,3 mlrd. so'mlik, to'la ta'mirlash bo'yicha esa 160,9 mlrd. so'mlik ishlar bajarilgan.

O'tgan davr mobaynida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 609,9 mlrd.so'mlik mablag'lar o'zlashtirildi va 1034 km yo'llar joriy ta'mirlandi.

2019-yilning o'tgan 5 oyi davomida 395,1 km ichki xo'jalik yo'llari, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida esa 624,9 km yo'llar ta'mirlandi. Bundan tashqari 35 km shahar ko'chalari va kirish avtomobil yo'llari qurilib, qaytadan ta'mirlandi.

Tizim bo'yicha 145 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali