Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Oqsaroyda qabul

10831 8-Noyabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 203 Kb)


O'zbekiston RespublikasiPrezidenti Islom Karimov 6-noyabr kuni Oqsaroyda Xalqaro investitsiyaviyforumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Jahon bankining Yevropa vaMarkaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha vitse-prezidenti Siril Myuller hamda Jahonbanki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasining vitse-prezidentiDimitris Sitsiragosni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonlarniyurtimizga tashrifi bilan qutlab, O'zbekiston Jahon banki guruhi bilanhamkorlikni yuksak qadrlashini ta'kidladi. 

O'zbekiston bilan Jahon banki o'rtasidasamarali hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Buning natijasida umumiy qiymati 6milliard dollardan ziyod bo'lgan 28 qo'shma loyiha amalga oshirildi. Buloyihalar elektr energetikasi, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarnimodernizatsiyalash, suv ta'minoti, ishlab chiqarish, transport va ijtimoiyinfratuzilmalarni rivojlantirish kabi yo'nalishlarni qamrab olgan. Ushbuloyihalarni moliyalashtirishda Jahon bankining ulushi 2,6 milliard dollarnitashkil etdi.

O'zbekiston va Jahon banki o'rtasidagisheriklik munosabatlarida sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlik alohida o'rintutadi. Uning doirasida Jahon banki 300 million dollardan ortiq miqdordagi uzoqmuddatli imtiyozli kredit bilan 4 loyihani amalga oshirishniqo'llab-quvvatladi. 

Mamlakatimizda Xalqaro moliyakorporatsiyasining 135 million dollar miqdoridagi investitsiyasi ishtirokidaxususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha 20 loyiha amalga oshirildi.

 

Suhbat davomida Jahon banki guruhi vakillariO'zbekistonda 2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiyo'zgartirish va diversifikatsiyalash bo'yicha joriy yilda qabul qilinganstrategik dasturlarning ahamiyatini alohida qayd etdi. Bu dasturlarda iqtisodiyislohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, sanoatni yanada modernizatsiyava diversifikatsiya qilish, xususiy mulkchilik va xususiy tadbirkorliknirivojlantirish, shuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi roli va o'rninikamaytirish ko'zda tutilgan. 

Mehmonlar Jahon banki va Xalqaro moliyakorporatsiyasi O'zbekiston iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o'zgartirish jarayonidafaol ishtirok etishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi. Shuningdek, asosiysohalar bo'yicha qabul qilingan dasturlar va qo'shma investitsiyaviy loyihalarmuvaffaqiyatli amalga oshirilishini qo'llab-quvvatlashini bildirdi. 

Hozir Jahon banki 2016-2020-yillargamo'ljallangan sheriklik strategiyasini tayyorlashni yakunlamoqda. Uning doirasida qiymati 4 milliarddollardan ziyod bo'lgan 30 dan ortiq loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.Bu yangi loyihalar elektr energetikasi, neft-gaz sanoati, transport, sog'liqnisaqlash, ta'lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kommunal infratuzilmava boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan. 

Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan neft-kimyo,kimyo sanoati, muqobil energiya manbalari va moliya sohalarida istiqbolliloyihalar ishlab chiqilmoqda. 

Uchrashuvda o'zaro hamkorlikning ustuvorsohalari yuzasidan fikr almashildi, sheriklik munosabatlarini yanadarivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va istiqbolli yangi loyihalarni ishlabchiqish masalalari muhokama qilindi. 

UzA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali