Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qiziqish bildirish uchun so'rovnoma

1431 28-Noyabr, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 13 Kb)

Qiziqish bildirish uchun so'rovnoma

 

Ichki audit bo'yicha konsultant xizmatlari

 

Loyiha raqami

53312-001

Loyiha nomi

Milliy avtomobil yo'llarini rivojlantirish loyihasi

Topshiriq nomi

Ichki auditor

Mamlakat

O'zbekiston Respublikasi

 

O'zbekiston Respublikasi hukumati va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2022 yil 25 mart kuni "Milliy avtomobil yo'llarni rivojlantirish" loyihasi xarajatlarini qoplash uchun 4174-UZB-sonli qarz bitimini imzolagan va ushbu qarz mablag'larining bir qismini ushbu loyiha doirasida moliyaviy audit bo'yicha konsultant xizmatlari xaridi uchun yo'naltirishni ko'zda tutgan. O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari qo'mitasi loyihani amalga oshirish guruhi (buyurtmachi) orqali har chorakda mustaqil auditor tashkiloti (auditor) tomonidan tashkilotning qiymatini oshirish va faoliyatini takomillashtirish uchun ichki audit o'tkazishni talab qiladi. Ushbu xizmat 3 yillik davrni qamrab oladi. 

Auditorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat, ammo ular bilan cheklanmaydi: (i) moliyaviy va operatsion ma'lumotlarning ishonchliligi va yaxlitligini tekshirish va bunday ma'lumotlarni aniqlash, o'lchash, tasniflash va taqdim etish uchun ishlatiladigan vositalarning samaradorligini tekshirish; (ii) tizimlarning siyosat va tartiblarga muvofiqligi samaradorligi va ta'sirini baholash; (iii) mavjud aktivlarni himoya qilish tizimini ko'rib chiqish va, agar kerak bo'lsa, bunday aktivlarning mavjudligini tekshirish; (iv) resurslardan foydalaniladigan iqtisodiyot va samaradorlikni baholash; keyinchalik, resurslardan tejamli foydalanishga to'sqinlik qiladigan sharoitlarni aniqlash. 

O'zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi ayni paytda tegishli konsultant tashkilotlarni (konsultantlarni) ichki audit xizmatlarini ko'rsatish uchun qiziqish bildirishga taklif qilmoqda. Qiziqish bildiradigan konsultantlar xizmatlarni taqdim etish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak.

Konsultantlarni qisqa ro'yxat uchun tanlash mezonlari quyidagicha:

I. Boshqaruv kompetentsiyasi. Konsultantning sifat nazorati, loyiha boshqaruvni muvofiqlashtirish, shuningdek, boshqaruv yondashuvi va metodologiyasi bo'yicha qobiliyati va malakalari (maksimal ball=15);

II. Texnik kompetentsiya. Konsultantning umumiy va mazkur topshiriqqa o'xshash ish tajribasi (maksimal ball=70);

III. Geografik kompetentsiya. Konsultantning O'zbekiston va MDH mamlakatlaridagi ish tajribasi, shuningdek uning doimiy ishtirokini ta'minlash maqsadida mahalliy ofisining mavjudligi (maksimal ball=15).

 

Xizmatlar haqida batafsil ma'lumot OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimidagi (CMЅ) Konsultant xizmatlarini jalb qilish to'g'risidagi xabarnomaga (CSRN) ilova qilingan texnik topshiriqda keltirilgan. Konsultantlar o'zlarining qiziqish bildirishnomalarini alohida tashkilot sifatida yoki qo'shma korxona yoki sub-konsultant shaklida taqdim etishlari mumkin. Qo'shma korxonaning hamma a'zolari barcha vazifani bajarish uchun birgalikda va alohida javobgar bo'ladilar. Biroq, qisqa ro'yxatni tuzishda sub-konsultantning tajribasi hisobga olinmaydi. 

Konsultant 2017 yil OTB qarz oluvchilari uchun xarid qoidalarida (tovarlar, ishlar, konsalting va boshqa (konsalting bo'lmagan) xizmatlar) belgilangan eng past moliyaviy taklifni tanlab olish uslubiga muvofiq tanlanadi. 

Qiziqish bildirishnomalari 2022 yilning 28 dekabriga qadar CSRN (www.csrn.adb.org) ko'rsatmalariga muvofiq OTBning CMS tizimi (www.cms.adb.org) orqali taqdim etilishi kerak. 

Qiziqish bildirishnomasining qismi sifatida konsultantlar o'zlariga tegishli ma'lumotlarini OTBning CSRNga kiritishlari lozim. 

Qo'shimcha ma'lumotni quyida ko'rsatilgan manzildan olish mumkin:

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68

Telefon: (99871) 268-99-68

Elektron manzil: surkhandarya.project@gmail.com

Batafsil ma'lumot(.pdf formatida yuklab olish)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali