Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

8285 26-Aprel, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


2017-yilning 26-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kоmilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lu bilan uchrashdi. Bu haqda O'zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi. 

Vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning sakkizinchi raundi doirasida tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2016-yil 17-18-noyabr kunlari Samarqand shahrida O'zbekiston va Turkiya prezidentlari ishtirokida bo'lib o'tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomon munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Bo'lib o'tgan batafsil fikr almashinuvi o'zaro maqbul sohalardagi O'zbekiston-Turkiya muloqotini yanada rivojlantirish uchun tomonlarda ulkan salohiyat va qiziqish mavjudligi tasdiqlandi. Ko'rib chiqilgan deyali barcha masalalar yuzasidan pozitsiyalar o'xshash va muvofiqligi qayd etildi.

Uchrashuvda dolzarb xalqaro masalalar ham ko'rib chiqildi.

Muzokaralar yakunlariga ko'ra vazirlar tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2017-2018-yillarga mo'ljallangan Hamkorlik dasturini imzolashdi hamda O'zbekiston va xorijiy OAV vakillari uchun bayonot berishdi.

Tadbirlarda Turkiya Elchisi Ahmet Bashar Sheen ishtirok etdi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali