Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Afg'oniston Prezidenti bilan uchrashuv

8364 24-Yanvar, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb)


2017-yilning 24-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G'ani tomonidan qarorgohi "Arg" saroyida qabul qilindi.

Vazir Afg'oniston Prezidentiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurish taklifi qayd etilgan shaxsiy maktubini yetkazdi.

Muloqot davomida turli yo'nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, O'zbekiston va Afg'oniston rahbariyatining siyosiy xohishi tufayli mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar butunlay yangi sur'at va xususiyatga ega bo'ldi. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning faollashuvida yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Uchrashuvda o'zaro ahamiyat kasb etadigan xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali