Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qiziqish bildirish uchun so'rovnoma Tashqi moliyaviy audit bo'yicha konsultant xizmatlari

1342 14-Oktyabr, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 13 Kb)

 

Loyiha raqami

53312-001

Loyiha nomi

Milliy avtomobil yo'llarini rivojlantirish loyihasi

Topshiriq nomi

Loyiha hisobini tekshirish uchun tashqi auditor

Mamlakat

O'zbekiston Respublikasi

 

O'zbekiston Respublikasi hukumati "Milliy avtomobil yo'llarni rivojlantirish" loyihasi xarajatlarini qoplash uchun Osiyo taraqqiyot banki (OTB) qarz mablag'laridan moliyalashtirishga ariza bergan va ushbu qarz mablag'larining bir qismini ushbu loyiha doirasida moliyaviy audit bo'yicha konsultant xizmatlari xaridi uchun yo'naltirishni ko'zda tutgan. O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari qo'mitasi Loyihani amalga oshirish guruhi (Buyurtmachi) orqali mustaqil auditor tashkiloti (Auditor) tomonidan OTB ishtirokidagi loyihaning yillik moliyaviy hisobotini tekshirish uchun har yili tashqi audit o'tkazishini talab qiladi. Ushbu xizmat 3 yillik davrni qamrab oladi.

 

Auditorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat, ammo ular bilan cheklanmaydi:
(i) ular tomonidan ko'rib chiqilgan moliyaviy hisobot haqiqiy va ob'ektiv tomonlama taqdim etilganligini, loyihaning kelishilgan hisob siyosatiga, mahalliy talablarga muvofiq tayyorlanganligi va ularni tartibga soluvchi organlarga muvofiqligi to'g'risida oqilona ishonchni ta'minlash;
(ii) muntazamlik, to'g'rilik va moliyaviy nazorat risklarini aniqlash, baholash va o'rganish va muhim kamchiliklar to'g'risida hisobot berish; (iii) loyiha(lar) boshqaruvini, jumladan moliyaviy menejment, nazorat va hisobotni takomillashtirishga yordam beradigan konstruktiv tavsiyalar berish; (iv) OTB tomonidan moliyalashtiriladigan investisiya loyihalarini moliyaviy boshqarish va menejmenti uchun loyihaning kelishilgan hisob siyosatiga va boshqa ko'rsatmalarga muvofiq loyiha(lar) doirasida qo'llaniladigan siyosat, protseduralar, rejalar va shakllarni yig'ish va tahlil qilish; (v) sifat va texnik topshiriqqa muvofiqligi nuqtayi nazaridan buyurtmachi va OTBga maqbul bo'lgan yakuniy auditor hisoboti va rahbariyatga xat taqdim etish.

 

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi ayni paytda tegishli konsultant tashkilotlarni (konsultantlarni) loyiha hisobini auditorlik tekshiruvidan o'tkazish uchun tashqi audit xizmatlarini ko'rsatishga qiziqish bildirishga taklif qilmoqda. Qiziqish bildiradigan konsultantlar xizmatlarni taqdim etish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak.

 

Konsultantlarni qisqa ro'yxat uchun tanlash mezonlari quyidagicha:

I. Boshqaruv kompetentsiyasi. Konsultantlarning sifat nazorati, loyiha boshqaruvni muvofiqlashtirish, shuningdek, boshqaruv yondashuvi va metodologiyasi bo'yicha qobiliyati va malakalari (maksimal ball=15);

II. Texnik kompetentsiya. Maslahatchining umumiy va mazkur topshiriqqa o'xshash ish tajribasi (maksimal ball=70);

III. Geografik kompetentsiya. Konsultantning O'zbekiston va MDH mamlakatlaridagi ish tajribasi, shuningdek uning doimiy ishtirokini ta'minlash maqsadida mahalliy ofisining mavjudligi (maksimal ball=15).

 

Xizmatlar haqida batafsil ma'lumot OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimidagi (CMЅ) Konsultant xizmatlarini jalb qilish to'g'risidagi xabarnomaga (CSRN) ilova qilingan texnik topshiriqda keltirilgan.

 

Konsultantlar o'zlarining qiziqish bildirishnomalarini alohida tashkilot sifatida yoki qo'shma korxona yoki sub-konsultant shaklida taqdim etishlari mumkin. Qo'shma korxonaning hamma a'zolari barcha vazifani bajarish uchun birgalikda va alohida javobgar bo'ladilar. Biroq, qisqa ro'yxatni tuzishda sub-konsultantning tajribasi hisobga olinmaydi.

 

Konsultant 2017 yil OTB qarz oluvchilari uchun xarid qoidalarida (tovarlar, ishlar, konsalting va boshqa (konsalting bo'lmayogan) xizmatlar) belgilangan eng past moliyaviy taklifni tanlab olish uslubiga muvofiq tanlanadi.

 

Qiziqish bildirishnomalari 2022 yilning 18 noyabriga qadar CSRN (www.csrn.adb.org) ko'rsatmalariga muvofiq OTBning CMS tizimi (www.cms.adb.org) orqali taqdim etilishi kerak.

 

Qiziqish bildirishnomasining qismi sifatida konsultantlar o'zlariga tegishli ma'lumotlarini OTBning CSRNga kiritishlari lozim.

 

Qo'shimcha ma'lumotni quyida ko'rsatilgan manzildan olish mumkin:

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68

Telefon: (99871) 268-99-68

Elektron manzil: surkhandarya.project@gmail.com

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali