Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

AYITIda yangi izlanish

9986 18-Oktyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 38 Kb)


"O'zavtoyo'l" AK tizimidagi Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot institutida bugungi kunda ko'plab ilmiy ixtirolar va tadqiqotlar ustida ish olib borilmoqda. Ulardan biri – zamonaviy yangi tadqiqot texnologiyasidir.

Gap shundaki, mazkur texnologiyani xarid qilish va uni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali Toshkent hamda Farg'ona vodiysi viloyatlarining 376 km uzunlikdagi mintaqaviy avtomobil yo'llarining holatini diagnostika qilish va kadastrdan o'tkazish, ularning ta'mirida ishlatiladigan xomashyolarni laboratoriya tekshiruvidan o'tkazish va keyinchalik ularni ishlab chiqarishga joriy etish mumkin. 


Mazkur loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekistondagi avtomobil yo'llari ta'miri ustidan texnik boshqaruvni yaxshilash hamda Respublika hududlaridagi yo'llarning holatini oldindan bilib, faoliyatni ushbu maqsadlarga yo'naltirishdir. 


Institut rahbari O.Ziyaevning fikricha, yangi texnologiya amaliyotga joriy etilsa, bir tomondan, yo'llardagi qurilish ishlari sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarilishi, boshqa tomondan esa, mazkur ishlarni yuqori texnologiyalar vositasida zamonaviy usullar yordamida dasturlashtirish va rejalashtirishda ushbu yangi uskuna qo'l kelishi mumkin.

"O'zavtoyo'l" AK Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali