Qo'mita raisining o'rinbosari - bosh muhandis
Adilov Obid Chorievich
O'zbekiston
Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi rais
o'rinbosari — bosh muhandis
+998 71 207-67-68
+998 71 239-14-06
Qabul kunlari:
Chorshanba — 16.00 dan 17.00 gacha
O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari – bosh muhandisining funktsional vazifalari
- O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari – bosh muhandisi qo'mita tarkibidagi Avtomobil yo'llaridan foydalanish va texnik holatini tahlil qilish boshqarmasi, Og'ir vaznli va katta hajmdagi bklarni monitoringi bo'limi, Avtomobil yo'llari davlat kadastri va hisoboti bo'limi, Yo'l harakat xavfsizligini ta'minlash bo'limi faoliyatini tashkillashtiradi.
- O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari – bosh muhandis quyidagilarga rahbarlik qiladi:
- avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
- yo'l xo'jaligi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni va yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, ta'mirlash va saqlash sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va takomillashtirishda ishtirok etish;
- avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, ta'mirlash va saqlash, shuningdek yo'l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalarni ishlab chiqish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini ta'minlash;
- avtomobil yo'llari ta'mirlash va saqlashda uchastkalarda harakat xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash yoki to'xtatishni joriy etish bo'yicha takliflar kiritish;
- safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo'yicha ular faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarning texnik holatini har yili ko'zdan kechirish, tekshirish;
- O'zbekiston Respublikasining avtomobil yo'llari ro'yxatini shakllantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ularni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
- mamlakat mintaqalarini bog'lovchi va kecha-kunduz, uzluksiz va xavfsiz avtomobil transport aloqasini ta'minlaydigan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;
- maxsus ruxsatnoma bergan holda, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan yirik o'lchamli va og'ir yuk ko'taradigan avtotransport vositalarining avtomobil yo'llari bo'yicha harakati yo'nalishlarini belgilash;
- qulay va xavfsiz harakatni ta'minlash uchun avtomobil yo'llaridan foydalanish, avtomobil yo'llaridan foydalanishda yo'l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish;
- avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, ta'mirlash va ulardan foydalanish sohasida sifat nazoratini amalga oshirish;
- avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, ta'mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatish;
- avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo'yicha tajriba ishlari olib borish;
- fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning og'zaki va yozma murojaatlari o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqilishini ta'minlash, ular bo'yicha qarorlar qabul qilish va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javoblar yuborish.
- Qo'mita raisining o'rinbosari – bosh muhandis Qo'mita raisiga funktsional bo'ysinadi.
- Qo'mita raisining birinchi o'rinbosari – bosh muhandis sababli ravishda vaqtinchalik bo'lmagan taqdirda uning vazifasini qo'mita raisining o'rinbosari bajaradi.
- Qo'mita raisining o'rinbosari – bosh muhandis O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.