Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Chimyonda dam oluvchilar uchun yo'lsozlar sovg'asi

8445 5-Iyun, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 16 Kb)


Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi Chimyon tog'-chang'i kompleksiga olib boruvchi avtomobil yo'li ta'mirdan chiqarildi. Bu esa – yoz mavsumini ko'ngildagidek hordiq bilan o'tkazuvchi yurtdoshlarimiz uchun yo'lsozlarning o'ziga xos sovg'asidir.

"O'zavtoyo'l" DAK tizimiga kiruvchi Toshkent viloyatidagi Qibray va Bo'stonliq tumanlari yo'l xo'jaligi pudrat-ta'mirlash foydalanish korxonalari tomonidan viloyat hududidan o'tuvchi 4K-700 "Toshkent-O'nqo'rg'on-Yonariq" avtomobil yo'lining 2-6 kilometrlari oralig'ida va 4R6 "Toshkent shahri-Chirchiq shahri-Chimyon qishlog'i" yo'nalishidagi avtomobil yo'lining 56-66 va 76-92 kilometrlari oralig'ida to'liq va joriy ta'mirlash hamda saqlash ishlari bajarildi. Bu esa Toshkentdan Chimyonga olib boruvchi hududlarga to'g'ri keladi.

Asosiy maqsad - avtomobil yo'llarining holatidan kelib chikib, yo'lning qatnov qismini yaxshilash, avtomobillar harakatini to'xtovsiz tashkil etish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashdir. Shu maqsadda avvalo yo'lning qatnov qismini yaxshilanib, yangi qoplamalar o'rnatish, temir-beton to'siqlar va lotoklarni yangilash, obodonlashtirish, yo'l belgilarini yangilash kabi va boshqa ishlar amalga oshirildi.Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, bu yo'nalishdagi ta'mirlash ishlari bugun ham davom etmoqda.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali