Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Farg'onaning ravon yo'llari

15659 15-Noyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 459 Kb)


Farg'ona viloyatida  joriy yilning o'tgan davri mobaynida O'zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi "2016 yilgi Investitsiya dasturi to'g'risida"gi PQ-2458 qarori hamda  Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 apreldagi  126-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish asnosida 8,6 km avtomobil yo'llari to'la ta'mirlanib, foydalanishga  topshirildi.

Alohida qayd etish kerakki, 2016 yilning bahorida o'tkazilgan "Universiada-2016" sport musobaqalarining respublika final bosqichi tantanalari munosabati bilan Farg'ona shahridagi Burhoniddin Marg'iloniy, "Ma'rifat", Qori Niyoziy, "Murabbiylar" ko'chalarida qurilish va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Bu ko'chalar to'la ta'mirlanib, ularga yangi asfalt-beton qoplamalar yotqizildi hamda zamonaviy yoritish tizimlari o'rnatildi. Bir so'z bilan, shahar ko'chalari zamon talablariga  mos tarzda qayta  jixozlanib, haydovchilarga  talay qulayliklar yaratildi.


"Viloyat hududidan o'tgan 4R 144 "Farg'ona-Hamzaobod" davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'lining 3 yarim kilometrdan ziyod qismida keng qamrovli qurilish-montaj, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu ob'ekt yil yakuniga ko'ra foydalanishga topshiriladi", - deydi "Farg'onaavtoyo'l" tashkiloti direktori Subhonjon Soliev.

Shu bilan birga, A-373 avtomobil yo'lini "Ko'qon shaxar aylanma yo'li" bilan tutashtiruvchi 4R 17e davlat axamiyatidagi avtomobil yo'lining 5 km qismida qayta qurish ishlari amalga oshirilib, joriy yil yakuni bo'yicha ushbu avtomobil yo'li ham foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Bu bilan Qo'qon shahridagi yo'llarda transport oqimi intensivligi tartibga solinadi va shahar aholisi hamda mehmonlarga qo'shimcha qulayliklar yaratiladi.


"Farg'ona xalqa yo'li"da joylashgan yo'l o'tkazgichni to'liq rekonstruktsiya qilish hamda "Farg'ona aylanma yo'li"ning 12-15 kilometrlari oralig'ida bajarilgan ta'mir ishlarining yakuni ham erishilgan natijalarga misol bo'la oladi.

Yuqoridagilardan tashqari viloyatdagi 22 ta namunali uy-joy massivlarining 10,5 km uzunlikdagi ichki ko'chalarida, qolaversa, viloyat tumanlaridagi ichki xo'jalik yo'llarining 145 km ga yaqin qismlarida to'la va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilgani ham alohida tahsinga sazovordir.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali