Fotoreportaj: Buxoro yo'llari yanada keng bo'ladi
Buxoro shahri Ibrohim Mo'minov ko'chasining 460 metr masofadagi avtomobil qatnov qismida ayni kunlarda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur yo'lning ta'mirlash ishlariga Romitan tuman yo'l xo'jaligi korxonasining 60 nafar mutaxassis, texnik-mexanizatorlari jalb etilgan. Yo'nalishda avtomobillar tirbandligining oldini olish maqsadida yo'l 30 metrga kengaytirilishi ko'zda tutilgan.