Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Fransiyalik mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar

7820 27-Iyun, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 623 Kb)


Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish institutida O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tashabbusi bilan o'zbekistonlik va fransiyalik mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar davomida frantsiyalik texnik-maslaxatchi Samir Soliman, shuningdek, "Yunid As Grupp" kompaniyasi rahbariyati tomonidan taqdimotlar o'tkazildi.


Ilmiy-amaliy seminarda avtomobil yo'llari qoplamalarini joriy ta'mirlash, qoplamalarning ustki yuzasiga sirtqi ishlov berish texnologiyalarini takomillashtirish, bu maqsadlarda Yevropaning ilg'or texnologiyalarini yo'l qurilishi va ta'miriga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali