Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Germaniya bilan qo'shma korxona tashkil qilinadi

8260 11-Aprel, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 18 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4145-sonli qarorida Avtomobil yo'llari qo'mitasiga, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda – asfaltbeton qorishmalari ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxona tashkil etish loyihasini tadbiq etish vazifasi yuklatilgan edi.

Ushbu vazifa ijrosi yuzasidan qo'mita hamda Germaniyaning "GP Gunter Papenburg AG" kompaniyasi o'rtasida, O'zbekistonda qo'shma korxona tashkil etish yuzasidan kelishuv imzolandi. 

Mazkur investitsion loyihaning umumiy qiymati 5,7 mln. yevroga teng bo'lib, uning 4,0 mln. yevro qismi – Germaniya tomonidan kiritiladigan to'g'ridan-to'g'ri investitsiya hisobiga to'g'ri keladi, 1,7 mln. yevro qismi esa O'zbekiston tomonining ulushidir. 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali