Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Harbiy xizmatga chaqiruv e'lon qilindi

21334 22-Dekabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 28 Kb)


O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o'tab bo'lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo'shatish to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 

"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq: 

1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo'lmagan O'zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2017-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin. 

Muddatli harbiy xizmatni o'tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo'lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin. 

2. Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o'tab bo'lgan harbiy xizmatchilar 2017-yilning fevral-aprel oylarida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo'shatilsin. 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.Maxmudov zimmasiga yuklansin. 


O'zbekiston Respublikasi 

Prezidenti                                                                          Sh.Mirziyoyev 

Toshkent shahri, 2016-yil 21-dekabr

O'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali