Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Kadrlar tayyorlash bo'yicha qo'shma qaror imzolandi

9605 24-Iyun, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 20 Kb)


"O'zavtoyo'l" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi O'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi markazi bilan birgalikda, kollejlarni bitirayotgan yoshlarni ish bilan ta'minlash, O'zbek milliy avtomagistralini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish hamda respublikaning yo'l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishda kichik mutaxassislarga bo'lgan talabni yanada qondirish maqsadida Qo'shma qarorga imzo chekildi.

Ushbu qo'shma qaror bilan:

  • "O'zavtoyo'l" DAK tomonidan respublika hududlaridagi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish yuzasidan taklif etilayotgan kasblar va ixtisosliklar ro'yxati;
  • "Avtomobil yo'llari va yo'l qurilish mashina mexanizmlari yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash dasturi";
  • yuqoridagi Dasturni bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali