Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Ko'kalamzorlashtirish bo'yicha tajriba almashuv

8924 8-Iyun, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 9 Kb)

"O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat hududiy korxonalaridagi manzarali o'simliklar pitomnikniklari rahbar va mutaxassislari  ishtirokida o'quv seminari tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi "Avtomobil yo'llarining arxitektura-landshaft qurilishi va ko'kalamzorlashtirish  tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi  qarori bo'yicha tashkil etilgan mazkur korxona zimmasiga – Respublikamiz avtomobil yo'llari bo'ylaridagi ko'kalamzorlashtirish ishlarini zamonaviy talablariga javob bergan holda, yagona tizimli va kompleks asosda shakllantirish sifatini tubdan oshirish vazifasi qo'yilgan.

Ishtirokchilar Toshkent Botanika bog'ida manzarali va buta o'simliklar urug'larini tayyorlash, saqlash, stratifikatsiya qilish va ekish usullari bo'yicha tajriba almashgan bo'lsalar, M.Mirzaev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida bir va ko'p yillik gul ko'chatlarini urug'idan yetishtirish, parvarish qilish, issiqxonalar tashkil qilish ishlari bilan tanishtirildi.

Tadbir qatnashchilari seminar yakunida Alisher Navoiy nomli O'zbekiston Milliy kutubxonasida bo'lib, kitobxonlikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, sohaga oid milliy va chet el adabiyotlari vositasida kerakli ma'lumotlar olishdi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali