Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Ko'kalamzorlashtirish bo'yicha Turkiyadagi tajriba almashuv

7478 10-Sentyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 466 Kb)


Yaqinda O'zbekistonlik bir guruh ko'kalamzorlashtirish bo'yicha mutaxassislar Turkiya Respublikasida bo'lib, soha bo'yicha ushbu mamlakatda yo'lga qo'yilgan tajriba bilan bevosita tanishdilar.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bu haqdagi kelishuv, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibidagi "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi va Turkiyaning "Arifiye Fidanchilik" kompaniyasi o'rtasidagi anglashuv memorandumi – Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'onning joriy yil may oyida O'zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan edi. Mazkur hujjat ikki tomonlama amaliy hamkorlikning huquqiy asosi bo'lib xizmat qildi. 


Ma'lumot o'rnida: bosh idorasi Turkiyaning shimoliy-g'arbiy qismidagi Sakarya viloyatida joylashgan "Arifiye Fidanchilik" kompaniyasi 1989-yilda tashkil topgan bo'lib, bugungi kunda 2,7 million kvadrat metr maydonga manzarali daraxt va ko'chatlar ekish bilan shug'ullanadi. Yiliga jahonning 20 ga yaqin davlatlariga o'zining 2 million tup ko'chatlarini eksport qiladi.


O'zbekistonlik mutaxassislar Turkiyaning Sakarya viloyatidagi safar davomida u yerdagi hamkasblari bilan ko'kalamzorlashtirish, yo'l bo'ylariga dekorativ va manzarali ko'chatlar o'tqazish va ularni yetishtirish borasidagi tajriba almashdilar. Shuningdek, ekinlarni sug'orish tizimi va sharoitlari, ko'chatlarga ishlov va shakl berish, o'simliklarni parvarish qilishda amaliyotda qo'llanadigan texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali