Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

KO'PRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

4667 27-Dekabr, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 171 Kb)


1976 yilda qurilgan Farg'ona va Marg'ilon shaharlarini bog'lovchi 4R-140A "Farg'ona shahriga" avtomobil yo'lidagi yo'l o'tkazgichda shu kunga qadar to'la ta'mirlash ishlari olib borilmaganligi sababli avariya holatiga kelib qolgan edi. 


Mazkur ko'prik 2022 yil ta'mirlash ishlari dasturiga kiritilib qurilish montaj ishlari Farg'ona ko'priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan amalga oshirildi. 

Bugungi kunda 4R-140A "Farg'ona shahriga" avtomobil yo'lining PK48+40 qismidagi yo'l o'tkazgich uzunligi 165 metr, eni piyodalar yo'lagi bilan hisoblaganda 17 metr etib qaytadan bunyod etildi. 


Amalga oshirilgan ishlar natijasida Farg'ona va Marg'ilon shaharlarini bog'lovchi asosiy yo'nalishlardan biri bo'lgan avtomobil yo'lidagi yo'l o'tkazgich qurib bitkazildi va viloyat aholisiga qulayliklar yaratildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Axborot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali