Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Mukofotlangan yo'lsozlar

9176 25-Avgust, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 17 Kb)


O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Prezidentning 2016 yil 24 avgustdagi Farmoniga ko'ra "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan quyidagi yo'lsozlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar:

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan

Abdullaev Abdugapar Abdukaxarovich - Toshkent ko'prik xo'jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-foydalanish korxonasi ish boshqaruvchisi, Toshkent shahri

Raximbekov Hakimmirza O'razovich - Yangiqo'rg'on tumani yo'l xo'jaligi pudrat ta'mirlash-foydalanish korxonasi bo'lim boshlig'i, Namangan viloyati

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

Abduvaliev Abduraxmon Abdulxaevich - "O'zavtoyo'l" aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi 

Buryazov Shonazar Qo'chqarovich - Bog'ot tumani yo'l xo'jaligi pudrat ta'mirlash-foydalanish korxonasi buldozer mashinisti, Xorazm viloyati 

Mavlanov Xolmamat Egamqulovich - Oqdaryo tumani yo'l xo'jaligi pudrat ta'mirlash-foydalanish korxonasi bo'lim boshlig'i, Samarqand viloyati 

"Shuhrat" medali bilan

Xudayberganov Baxtiyor Ergashovich - Chinoz tumani yo'l xo'jaligi pudrat ta'mirlash-foydalanish korxonasi avtokatok mashinisti, Toshkent viloyati 

Mukofotlanganlarni samimiy tabriklab, ularning Vatanimiz taraqqiyoti yo'lidagi kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali