Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Namangan shahrida yo'llar va kommunikatsiyalar yaxshilanadi

8933 20-Dekabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 19 Kb)


Namangan shahrining yo'l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bo'lajak uch yil davomida yanada yaxshilanadi.

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 13 dekabrdagi "2017-2019 yillar davrida Namangan shahrining yo'l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 404-sonli qarori bilan yanagi uch yil ichida Namanganning yo'l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Qarorga ko'ra, mazkur davr mobaynida shaharning beshta, ya'ni "Uychi", "Hamroh", "G'alaba", "Marg'ilon" hamda "Qo'qon" ko'chalarining - umumiy uzunligi 18 kilometr bo'lgan uchastkalari kapital ta'mirlanadi. Loyiha qiymati 35,2 mlrd so'mni tashkil etib, u Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Mazkur ishlar mamlakatimiz yo'lsozlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab berilgan.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali