Navoiy viloyatidagi 4 ta ko'prik to'la ta'mirlandi
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyasi" DUK buyurtmachiligida – Navoiy viloyatidagi 4 ta ko'prik rekonstruksiya qilinib, to'la ta'mirdan chiqarildi.
Ta'mirlangan ko'priklardan biri – viloyatning Nurota tumanidagi "Yangiobod" va "Cho'ya" qishloqlarini bog'lovchi soy ustidagi, 4N380 avtomobil yo'lining 29,4-kilometrida joylashgan, uzunligi 36 p/m va eni 12 metr bo'lgan ko'prikdir.
4K 387 "Toshrabot q. – G'amxo'r q." avtomobil yo'lining 8-kilometrida rekonstruksiya qilingan, uzunligi 18 p/m, eni 13 metrni tashkil qilgan yana bir ko'prik esa – Navoiy viloyatining Qiziltepa va Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanlari hududini bog'laydi.
Navbatdagi – 4n374v avtomobil yo'lining 5-kilometridagi ko'prik ham rekonstruksiya qilindi. Mazkur ko'prikning uzunligi 12 p/m, eni 10 metr, ko'prikka kirish-chiqish yo'llari esa 40 metrni tashkil qiladi.
Xatirchi tumani Zartepa qishlog'idagi "Achchisag'onoqsoy" qirg'oqlari yog'ingarchilik paytida, sel kelishi oqibatida kengayib ketgan, shu sababli soy ustidagi ko'prik ta'mirtalab holatga kelib qolgan edi. 4K372a avtomobil yo'lining 1,2-kilometridagi ushbu ko'prikda ham to'la ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada ko'prik uzunligi 12 p/m dan 15 p/mga uzaytirildi hamda to'liq qayta qurildi.
Bugungi kunda bu ko'priklarning barchasi haydovchi va yo'lovchilar qatnovida beminnat xizmat qilmoqda.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati