Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Navoiylik yo'lsozlarning yillik natijalari

9341 24-Yanvar, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 508 Kb)


Navoiylik yo'lsozlar ham o'tgan 2017 yilni sarhisob qilar ekanlar, bu borada erishilgan sezilarli natijalar va raqamlarni keltirish mumkin. O'tgan yil davomida mazkur viloyatdagi avtomobil yo'llarining talay qismida qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari amalga oshirildi.


Navoiy viloyati hududida 8138 km avtomobil yo'llari mavjud bo'lib, shundan 302 km – xalqaro ahamiyatdagi, 2490 km – davlat ahamiyatidagi, 1125 km – mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari hisoblanib, ichki yo'llar 4221 kilometrni tashkil etadi. Demak, 2017 yil raqamlariga murojaat qilamiz:

Viloyatda xalqaro ahamiyatdagi M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 116-126 kilometrlarida - 10 km avtomobil yo'li qayta qurib, foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, 4R64g avtomobil yo'lining 12,7-kilometridagi temir yo'l ustidan o'tuvchi – yo'l o'tkazgich qayta qurildi. Xatirchi tumani hududidagi avtomobil yo'llarida 4 ta ko'prikda ta'mirlash ishlari to'liq tugatildi.


Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi 7 kilometrdan ortiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari kapital ta'mirlandi. 

O'tgan yili Navoiy viloyatidagi 117 km dan ortiq mintaqaviy ichki avtomobil yo'llari ta'mirlandi. Shuningdek, Navoiy shahridagi "G'alaba" shoh ko'chasining qariyb 3 km qismini to'la ta'mirlash hamda Navoiy erkin iqtisodiy zonasining 2 km ichki yo'llarini qurish ishlari olib borildi.


Navoiylik yo'lsozlarning yana bir natijasini aytib ztish o'rinliki, yil davomida ular tomonidan 16 dona zamonaviy yo'l qurilish texnikalari hamda zamonaviy "MIXO" tsementobeton qorishmasi ishlab chiqaruvchi zavod xarid qilindi va ishga tushirildi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali