Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Obod qishloq" dasturi – amalda

10738 22-Iyun, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 182 Kb)


Bugungi kunda mamlakatimizning barcha yo'lsozlari qatori Samarqanddagi yo'lchilar "Obod qishloq" Davlat dasturi ijrosi bo'yicha sezilarli ishlarni amalga oshirishmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi Jom qishlog'ida ham yo'l qurish va ta'mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Dastur bo'yicha mazkur qishloqda 28 km ichki yo'l va ko'chalar ta'mirlanib, uning 8 km qismi asfalt-beton qoplamali bo'lishi ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda uning 3,5 km qismi nihoyasiga yetkazildi.


Bundan tashqari 4n513i avtomobil yo'lini "Baxt" ko'chasi bilan tutashtiruvchi yangi ko'prik ochilib, foydalanishga topshirildi. Uzunligi – 16, eni – 6 metrdan iborat bщlib, ikki tomonlama piyodalar yo'lakchasiga ega mazkur ko'prik qishloqdagi 23-maktab o'quvchilari uchun o'ziga sovg'a bo'lib, avvallari ular maktabga uzoq aylanma yo'llar orqali borishardi. 17 kun ichida foydalanishga topshirilgan ko'prikning umumiy qiymati 406 mln. so'mni tashkil etdi.

Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, Dastur asosidagi ishlar Respublikaning boshqa hududlarida ham davom etmoqda. Bugungi kunda "Obod qishloq" dasturi doirasida 583 km ichki yo'l va ko'chalar ta'mirlandi va qayta qurildi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali