Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Ogohlikka da'vat – davr talabi" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir

10183 6-Avgust, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 24 Kb)


"O'zavtoyo'l"  AKda kompaniya tizimidagi tashkilotlarning ishchi va xizmatchilari ishtirokida "Ogohlikka da'vat – davr talabi" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni "O'zavtoyo'l" AK Bosh boshqarmasi boshlig'i J.Tursunov ochib, tadbir ishtirokchilarini mavzu bilan tanishtirib o'tdi. 

Raislik qiluvchi, bugun biz barchamiz uchun muhim bo'lgan voqea arafasida – davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi ostonasida turibmiz deb boshladi o'z so'zini, sir emas, bunday ulug' kunlarga yetishning o'zi bo'lmadi. Davlatimiz mustaqillik yillarida chorak asrlik g'oyat og'ir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo'lni bosib o'tdi. Bugun bizning yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo va bu xalqimiz uchun shubhasiz eng oliy ne'mat, deb ta'kidladi u. Chunki tinchlik bor zamindagina ulkan imkoniyatlar, taraqqiyot bo'ladi. Mana shu tinchlikni asrab avaylash uchun, barchamiz ogoh bo'lishimiz va mafkuraviy immunitetimizni yanada mustahkamlash ustida ishlashimiz kerak. Zero dunyoning aksar mamlakatlarida ziddiyatlar avj olayotgan bir paytda tinchligimiz, dahlsizligimizni saqlab qolish har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir. Raislik qiluvchi o'z so'zida ayniqsa diniy ekstremizmning xavfiga alohida to'xtalib, dunyoning notinchlik hukm surayotgan aksar mamlakatlari aholisi aynan mana shu ofat tufayli aziyat chekayotganiga urg'u berib o'tdi. 

Tadbirda yig'ilganlar uchun "Manqurtlik" videofilmi namoyish etilib, ularning syujeti, mazmun-mohiyati barchani o'ylantirib qo'ydi va film voqea-hodisalari yuzasidan o'zaro fikr-mulohazalar almashinildi. 

Yig'ilish yakunida J.Tursunov bugungi o'tkazilgan tadbirdan har bir ishtirokchi o'ziga to'g'ri xulosalar chiqarib olishini ta'kidlab, mustaqillik bayramini xush kayfiyatda kutib olish va nishonlash uchun ham ogohlikni yanada kuchaytirish lozimligini bildirib, yig'ilishni yakunladi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali