Oqsaroyda qabul 2
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27-iyul kuni Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo'mondonligi qo'mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O'zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasidagi o'zaro manfaatlarga asoslangan munosabatlar amaliy xususiyatga ega ekanini ta'kidladi.
Turli daraja va yo'nalishlardagi doimiy muloqotlar O'zbekiston va AQShga ko'pqirrali va o'zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish imkoniyatini berayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro muammolar, jumladan, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda o'zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi, Afg'onistondagi vaziyatni tinch yo'l bilan hal etish jarayonlari xususida fikr almashildi.
Lloyd Ostin Prezident Islom Karimovga samimiy qabul va O'zbekiston – AQSh munosabatlarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama etish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi.