Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Oqsaroyda qabul

8066 31-Iyul, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29-iyul kuni Oqsaroyda "Isuzu Motors Ltd." kompaniyasi raisi Susumi Xosoini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O'zbekiston bilan Yaponiya o'rtasida turli sohalarda samarali hamkorlik yo'lga qo'yilganini ta'kidladi. Yaponiyaning yuqori texnologiyali yetakchi kompaniyalari bilan o'zaro manfaatli sheriklik munosabatlari izchil kengayib bormoqda.

Toshkentda "O'zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi va "Isuzu Motors Ltd." o'rtasida Yaponiyaning ushbu kompaniyasi "SamAvto" mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'sischilari tarkibiga kirishi to'g'risida bitim imzolandi.

Mazkur bitim "O'zavtosanoat" va "Isuzu Motors Ltd." kompaniyalari o'rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning mantiqiy davomidir.

Tomonlar "SamAvto" mas'uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, ishlab chiqarilayotgan mashinalar turini yangilash va ko'paytirish, mahalliylashtirish ko'lamini kengaytirish, Yaponiyaning ilg'or ishlab chiqarish texnologiyalarini yanada keng joriy etishga kelishib oldi.

"O'zavtosanoat" va "Isuzu Motors Ltd." o'rtasidagi hamkorlik 2007-yilda yo'lga qo'yilgan. Yaponiyaning mazkur kompaniyasi o'sha yili "SamAvto" mas'uliyati cheklangan jamiyatining texnologik sherigi sifatida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, o'rta og'irlikdagi yuk mashinalari va boshqa texnikalar uchun shassi va dvigatellar yetkazib berishni boshladi. O'tgan vaqt davomida "Isuzu Motors Ltd." agregatlari bazasida 10,2 ming avtobus va 11,5 ming yuk mashinalari, jumladan, 2014-yilda 1,2 ming avtobus va 2,6 ming yuk mashinasi ishlab chiqarildi. Tabiiy gazda ishlaydigan yuk mashinalarining yangi modellarini ishlab chiqarish o'zlashtirilgani hamkorlikni rivojlantirishning muhim bosqichini tashkil etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari va o'zaro manfaatli boshqa masalalar muhokama etildi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali