Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" AK rahbariyatida yangi tayinlanish

16568 8-Noyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 23 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 oktyabrdagi 367-sonli qarori bilan Obid Adilov "O'zavtoyo'l" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o'rinbosari – bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.

Obid Chorievich Adilov – 1983 yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tug'ilgan, millati o'zbek. 2008 yilda Toshkent avtomobil va yo'llar instituti magistraturasini tamomlagan. O'tgan yillar davomida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi tizimidagi qator korxona va tashkilotlarda mehnat qilgan. 

Hozirgi lavozimga tayinlanguniga qadar "Avtomagistral" ixtisoslashgan avtomobil yo'llarini qurish-ta'mirlash birlashmasi Toshkent halqa avtomobil yo'lidan foydalanish uchastkasi boshlig'i vazifasida ishlagan. 

Eslatib o'tamiz, "O'zavtoyo'l" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o'rinbosari–bosh muhandisi kompaniyadagi avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish, investitsion loyihalarning texnik nazorati, shuningdek, transport, mexanizatsiya va texnik ta'minot sohalariga rahbarlik qiladi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali