Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" AKda Navro'z shodiyonalari

10139 23-Mart, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 24 Kb)


"O'zavtoyo'l" Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi majlislar zalida "Navro'z – bahor va bag'rikenglik bayrami" mavzuida madaniy-ma'rifiy bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Boshqaruv raisi A.Abduvaliev tadbirda yig'ilganlarni yaqinlashib kelayotgan bahor, go'zallik va bag'rikenglik bayrami bo'lmish – Navro'zi olam bilan tabriklab, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga o'zlarining munosib ulushlarini qo'shib kelayotgan yo'lsozlarning bugungi mehnati – tinchlik va barqarorlik hukm surayotgan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa bo'lib qo'shilayotgani, bugungi shodlik va quvonchning barchasiga aynan yurtimizdagi ulkan bayram shukuhi asos bo'lganini ta'kidladi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli dramaturg Erkin Xushvaqtov o'z chiqishida xalqimizning necha asrlik bayrami bo'lmish – Navro'zi olam istiqlol sabab xalqning o'ziga qaytarilgani, sobiq mustabid tuzum davrida bu bayram ko'plab milliy an'analar qatori qatag'onga uchragani, bu ayyomni targ'ib qilganlar ayovsiz ta'qib qilingani haqida gapirdi. Dramaturg bir vaqtlar o'zi yaratgan "Chimildiq", "Qalliq o'yin", "Qirmizi olma" va boshqa ko'plab folklor-etnografik yo'nalishdagi pesalar ham aynan milliy urf-odatlarga bag'ishlangani, o'tgan asr 80-yillarida sahnalashtirilgan "Maysaraning ishi", "Paranji sirlari" kabi asarlarda isiriq, tumor kabi detallarning bo'lgani bu asarlarga shubha bilan qarashga asos bo'lgani-yu, ularni sahnaga qo'ygan san'atkorlar ta'qib ostiga olingani kabi hayotiy misollarni keltirdi.

"Handalak" guruhi a'zolari, xalqimizning sevimli san'atkorlari Zokir Ochildiev va Ortiq Sultonovlar o'z chiqishlari bilan tadbirga bahoriy tabassum, bayramona kayfiyat ruhini olib kirishdi.

Tadbir bayramona ruhda yakunlandi.

"O'zavtoyo'l" AK Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali