"O'zavtoyo'l" DAKda yangi tayinlash
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Alisher Amirov "O'zavtoyo'l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o'rinbosari – bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.
Alisher Xurramovich Amirov – 1977 yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug'ilgan, millati o'zbek. 2001 yilda Toshkent avtomobil va yo'llar institutini, 2014 yilda esa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugallagan. Qator yillar davomida O'zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tizimida mehnat qilgan.
Hozirgi lavozimga tayinlanguniga qadar "O'zavtoyo'l" DAK Avtomobil yo'llaridan foydalanishni transport va mexanizatsiya hamda texnik ta'minlash boshqarmasi boshlig'i vazifasida ishlagan.
Eslatib o'tamiz, "O'zavtoyo'l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o'rinbosari – bosh muhandisi kompaniyadagi avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish, investitsion loyihalarning texnik nazorati, shuningdek, transport, mexanizatsiya va texnik ta'minot sohalariga rahbarlik qiladi.
"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati