Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l"ning janubdagi bir korxonasi faoliyati

11133 26-Yanvar, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 452 Kb)


"O'zavtoyo'l" kompaniyasining mamlakatimiz hududlarida faqatgina hududiy bo'linmalari faoliyat ko'rsatib qolmasdan, yo'l qurilishi va ta'miriga ixtisoslashgan korxonalar ham talay. Shulardan biri - Janubiy xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llarini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-foydalanish korxonasi bo'lib, u Qarshi shahrida faoliyat ko'rsatadi.

Korxona 2006 yildan buyon faoliyat ko'rsatib, asosan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi, umumiy uzunligi 2655 km bo'lgan xalqaro va davlat ahamiyatidagi M-39, A378 va A380 avtomobil yo'llarining soz holatda bo'lishi, qurilishi va ta'miri uchun javobgar hisoblanadi. Korxonada jami 555 ta ishchi-xizmatchi faoliyat ko'rsatadi, shundan 107 tasi injener texnik xodimlardir. 

Korxona tomonidan o'tgan 2016 yilda salmoqli raqamlarda qurilish, rekonstruktsiya va ta'mir ishlari amalga oshirildi. Ulardan ayrimlarini sanab o'tadigan bo'lsak:

- M-39 "Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz" avtomobil yo'lining 1240-1265 km qismi qayta qurildi;

- 4R 90 b "Qarshi aeroportiga kirish" avtomobil yo'lining 0-3 km qismi to'la ta'mirlandi;

- 4R-89 "Qarshi–Tallimarjon IES" avtomobil yo'lining Turkmaniston bilan chegara hududidagi 59-60 km qismi to'la ta'mirlandi;

- A-380 "G'uzor-Qarshi-Buxoro-Nukus-Beynou" avtomobil yo'lining 58-60 km qismi qayta qurildi, 58-km da joylashgan ko'prik va yer osti piyodalar o'tish joyi qurib bitkazildi;

- Qarshi shahridagi O'zbekiston, Alisher Navoiy, Bunyodkorlik, Nasaf, Qarluqobod, Jayhun, Olimlar, Mehrigiyo, Yakkabog' ko'chalaridagi rekonstruktsiya va ta'mirlash ishlari davom ettirildi.


Bu ishlarda korxona tomonidan 10 ta og'ir yuk tashuvchi "MAN" rusumidagi avtosamosval va boshqa texnikalarning xarid qilinganligi, korxona tasarrufidagi asfal-beton va temir-beton tsexlarining muntazam ishlab turganligi ham o'ziga xos hissa qo'shdi.

Korxona direktori Bekmurod Rahimovning aytishicha, ishchi va xizmatchilarning 2017 yilda o'z oldilariga qo'ygan maqsadlari ham ulkan. Jumladan, joriy yilda 5 km avtomobil yo'lini rekonstruktsiya qilish, 3 km yo'lni kapital ta'mirlash, 23 km avtomobil yo'llarida to'la ta'mirlash ishlarini olib borish, 34 km ichki xo'jalik yo'llarida ta'mir ishlarini olib borish, 17 turdagi texnikalari, yuk tashuvchi mashinalar va avtosamosvallar xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.


Kompaniya tizimida bu kabi yo'l qurishdek savobli ishga bel bog'lagan odamlar jamlangan korxonalar esa bir necha o'nlab topiladi...

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali