Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'zbekiston Prezidenti Tatariston rahbarini qabul qildi

7420 26-Sentyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 169 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonovni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, oliy darajadagi uchrashuvlar chog'ida erishilgan kelishuvlar hamda joriy yil aprel oyidagi Rossiyaga davlat tashrifi doirasida imzolangan ikki mamlakat hududlari o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi hukumatlararo bitimga muvofiq Rossiya Federatsiyasining Tatariston va boshqa subyektlari bilan aloqalar faollashib borayotganini alohida ta'kidladi. 

Mavjud ulkan sanoat salohiyati, an'anaviy yaqin hamkorlik va ko'p asrlik madaniy-tarixiy aloqalar ko'p qirrali o'zaro sheriklikni tubdan kengaytirish uchun ishonchli poydevor yaratayotgani qayd etildi. 

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga doir masalalar batafsil ko'rib chiqildi. 


O'zaro savdo hajmini oshirish, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, avtomobilsozlik, mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi tarmoqlari, axborot texnologiyalari sohasi va boshqa yo'nalishlarda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratildi. 

Ta'lim, ilm-fan, sog'liqni saqlash, madaniy-gumanitar almashuv va sayyohlik sohalaridagi aloqalarni faollashtirish va qo'shma dasturlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi. 

Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O'zbekiston Respublikasi bilan keng ko'lamli hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini ta'kidladi.

president.uz

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali