Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga tashrifiga doir

7125 4-Mart, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 15 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017-yil 6-7-mart kunlari davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo'ladi. 

Tashrif doirasida davlat rahbarlari O'zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko'lamli masalalarni muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar. 

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo'yicha davlat rahbarlarining Qo'shma bayonoti, Strategik sheriklik to'g'risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

О'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali