Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'zbekiston-Qirg'iziston siyosiy maslahatlashuvlariga doir

7104 14-Mart, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 23 Kb)


2017-yilning 13-14-mart kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston-Qirg'iziston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo'lib o'tdi, deya xabar qildi O'zbekiston TIV matbuot xizmati.

Qirg'iziston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri birinchi o'rinbosari Dinara Kamolova boshchilik qildi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, 2016-yilning 24-dekabr kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tgan oliy darajadagi uchrashuv, so'ngra O'zbekiston va Qirg'izistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi ikki tomon hukumat delegatsiyalarining o'zaro tashriflari, manfaatdor biznes doiralar o'rtasidagi aloqalar, davlatlararo chegaralarni huquqiy rasmiylashtirish borasida davom etayotgan muzokaralar serqirra O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlarining yangi dinamikasini namoyon etadi.

O'zaro manfaatli bo'lgan barcha sohalarda aloqalanir rivojlantirish, jumladan O'zbekiston va Qirg'izistonning chegaradosh hududlari o'rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi e'tirof etildi.

Maslahatlashuvlar doirasida konsullik masalalari va axborot sohasida hamkorlik qilish bo'yicha guruhlarning uchrashuvlari ham o'tkazildi.

Muzokaralarda Qirg'iziston Elchisi Daniyar Sidikov ishtirok etdi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali