Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Polsha Seymi delegatsiyasi bilan uchrashuv

8754 30-Iyun, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 15 Kb)


2015-yilning 30-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Polsha Respublikasi Parlamenti Seymining spikeri o'rinbosari Yeji Venderlix boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Suhbat chog'ida O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi hamkorlikni, avvalo, ikki mamlakat parlamentlari palatalari darajasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.

Yeji Venderlix shu kunning o'zida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida bo'lib o'tgan muzokaralar samarali o'tganligini ta'kidladi.

Uchrashuvda O'zbekiston deputatlari va Yevroparlamentdagi Polsha vakillari o'rtasidagi hamkorlikning ayrim masalalari ham ko'rib chiqildi.Muloqotda Polsha Elchisi Marian Przezdzieski ishtirok etdi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali