Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Poytaxt ko'chalari ta'miri bo'yicha fotoreportaj

9333 16-Mart, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 2241 Kb)


Avval xabar qilinganidek, shu kunlarda poytaxt ko'chalarida - 2017 yilning 7 mart kuni tasdiqlangan "2017 yilda Toshkent shahri tumanlarining yo'l infratuzilmasini rivojlantirishning manzilli dasturi"ga muvofiq joriy va to'la ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Ta'mir ishlari O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi "Avtomagistral", "Toshkentko'prik" hamda "Transyo'lqurilish" tashkilotlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Yunusobod tumanidagi "Yuqori Qoraqamish" va "Moyqo'rg'on" ko'chalaridagi joriy ta'mirlash ishlari yakuniga yetdi. Sergeli tumanidagi qator ko'chalarda 9,5 km uzunlikda to'la ta'mirlash ishlari yuqori sur'atlarda davom ettirilmoqda. 

Bundan tashqari Olmazor tumanidagi "Talabalar", "Muxbir", "Shifokorlar", Yunusobod tumanidagi "Bodomzor yo'li", Yakkasaroy tumanidagi Bobur, Yashnobod tumanidagi "Mo'ynoq" ko'chalarida ham joriy va to'la ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Quyidagi suratlarda poytaxt ko'chalaridagi ta'mir jarayonlari aks etgan:







Eslatib o'tamiz, Respublika hududlarida, jumladan, Toshkent shahrida ham aynan qaysi yo'l va ko'chalarning birinchi navbatda ta'mirga muhtojligi masalasi – Toshkent shahar hamda tumanlar hokimliklari tomonidan, alohida shakllantiriladigan manzilli dasturlar bilan belgilab olinadi.

"O'zavtoyo'l" matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali