Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Poytaxt yo'llarida ta'mirlash ishlari davom etmoqda

16107 4-Iyul, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 1515 Kb)


Toshkent shahrining Davlat dasturiga ko'ra ta'mirlanishi ko'zda tutilgan yo'l va ko'chalaridan tashqari - kichik halqa yo'lining Shota Rustaveli ko'chasidan "Bodomzor" chorrahasiga qadar bo'lgan qismi ham – lozim bo'lgan joylarda irrigatsiya lotoklari o'rnatish ishlari bilan birgalikda to'la ta'mirlanadigan bo'ldi. 


Bu jarayonda buyurtmachi sifatida - "Toshkent shahar mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati" davlat unitar korxonasi, bosh loyihachi – "Yo'l loyiha byurosi" MChJ hamda bosh pudratchi – "Transyo'lqurilish maxsus pudrat" MChJ belgilangan. 


Hozirgi kunda qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Joriy yilning o'tgan I yarim yilligi davomida esa poytaxtdagi 53,9 km uzunlikdagi yo'l va ko'chalar ta'mirlandi. 


Qayd etish kerakki, avvallari ichki avtomobil yo'llari qurilishi va ta'miri bo'yicha buyurtmachi sifatida - hokimliklar huzuridagi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi hamda obodonchilik boshqarmalari ishtirok etgan bo'lsa, bugungi kunda poytaxtda ham, hududlarda ham bu vazifani – O'zbekiston Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2776-sonli qarori bilan tashkil etilgan Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibidagi Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyalari bajarmoqda. Bu esa avtomobil yo'llari qurilishidagi yagona texnik siyosatni amalga oshirish imkonini beradi. 

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali