Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Poytaxtimiz yo'llari yanada obod bo'lmoqda

8892 20-May, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 160 Kb)


Mustaqillik yillarida poytaxtimiz ko'rki tubdan o'zgarib, obod va go'zal shaharga aylandi. Buni ozod xalqning obod mamlakatda yashashini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir yorqin ifodasi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Barcha jabhalarda bo'lgani kabi, mustaqillik yillarida yo'lsozlik sohasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar ko'lami ham faxrlansa arzigulik. 

Xususan, Prezidentimiz Islom Karimovning 2016 yil 21 yanvardagi Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi yig'ilishi hamda O'zbekiston Respublikasining ShHTga raisligi doirasidagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risidagi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahrining bir qator avtomobil yo'llarida yuqori sifatdagi ta'mirlash ishlari olib borilmoqda va joriy yilning bir necha oyi davomida shahar ko'chalarining ko'rkiga ko'rk qo'shuvchi yo'llar foydalanishga topshirib kelinmoqda. 

Afrasiyob ko'chasi (Sh.Rashidov ko'chasidan, Nukus kuchasiga qadar 1,8 km uzunlikdagi yo'l qismi)da asfaltlash ishlari yakuniga yetdi.   

Do'rmon yuli ko'chasi (Toshkent xalqa yo'lidan M.Ulugbek ko'chasiga qadar 2,7 km uzunlikdagi yo'l qismi)da asfaltlash ishlari yakuniga yetdi.

Amir Temur ko'chasi (4 km uzunlikdagi yo'l qismi)da asfaltlash ishlari yakuniga yetdi.

Mirzo Ulugbek ko'chasi (2, 8 kmdan oshiqroq uzunlikdagi yo'l qismi)da asfaltlash ishlari yakuniga yetdi.


Aslida, yo'lsozlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar ko'lami nihoyatda keng. Ular mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlab tayyorlanayotgan yana bir qator sovg'alarda o'z aksini topishiga ishonchimiz komil.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali