Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Prezident "Adolat saroyi" qurilishi to'g'risida farmoyish berdi

7367 21-Iyul, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb)


Toshkentda O'zbekistonning asosiy sud institutlari joylashadigan "Adolat saroyi" majmuasi quriladi.

Toshkentda Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsiyaviy va Oliy sudlar, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi odil sudlov muammolarini o'rganish Tadqiqot markazi, Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini ta'minlash bo'yicha Departamenti hamda O'zbekiston sudlar Assotsiatsiyasi joylashadigan "Adolat saroyi" majmuasi quriladi. Bu yerda yangi tashkil etiladigan Odil sudlov akademiyasi binosi ham joylashtiriladi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 iyul kuni shu haqdagi farmoyishni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, sud jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi va hammabopligi tamoyillarini amalga oshirish, sudlarning hokimiyatning mustaqil tarmog'i sifatidagi nufuzini yuksaltirish, aholining sudlarga bo'lgan ishonchini mustahkamlash hamda sudlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.

"Adolat saroyi"da ochiq sud majlislarini kuzatish bo'yicha maxsus zal bunyod etiladi. U fuqarolarga ochiq sud majlislariga tashrif buyurish yoki mamlakat bo'ylab ochiq jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini taqdim etuvchi uskuna va texnologiyalar bilan ta'minlanadi.

O'zbekiston Badiiy akademiyasi Oliy sud bilan hamkorlikda bir oy muddatda majmua hududida o'rnatish uchun Amir Temur yodgorligini yaratish bo'yicha tanlov e'lon qilishi lozim.

Qo'shimcha ravishda Odil sudlov akademiyasi tinglovchilari yashashi uchun mehmonxona, kutish zali, avtoturargoh va hibsga olinganlarni xavfsiz saqlash uchun inshoot quriladi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali