Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Prezident Shavkat Mirziyoev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'ydi

6196 10-May, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


Mamlakatimizda Umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni katta ko'tarinkilik bilan nishonlanmoqda. 

9-may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni. Bu yerga senatorlar va deputatlar, hukumat a'zolari, harbiylar yig'ilgan. Mahzun musiqa yangraydi.

Soat 8:30. Maydonga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kirib keldi.

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'yib, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, hukumat a'zolari, jamoat tashkilotlari tomonidan Motamsaro ona haykaliga gullar qo'yildi. 

O'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali