Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Prezidentning Fargʻona viloyatiga tashrifi boshlandi

5796 6-May, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida 6 may kuni Fargʻona viloyatiga keldi.

Mamlakatimizning izchil taraqqiyoti, inson manfaatlari yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar samaralari Fargʻona viloyatida ham oʻz ifodasini topmoqda. Viloyat ahli sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xoʻjaligi, qurilish, xizmat koʻrsatish sohalarida fidokorona mehnat qilib, Vatanimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga munosib hissa qoʻshmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 12-13 iyun kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab bergan edi. Oʻtgan davr mobaynida mazkur masalalarning ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.

Viloyat iqtisodiyotiga oʻtgan yilda 152,7 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etildi. Joriy yilda Investitsiya dasturiga kirgan 13 ta hamda qoʻshimcha shakllantirilgan 30 ta loyihalar doirasida 315,7 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan. Birinchi chorak davomida 66,5 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya oʻzlashtirildi. Fargʻona shahrida "Winchemical", "Listem - Fergana" kabi qoʻshma korxonalar ishga tushirildi. 21 ta korxonada sanoat, servis va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirilishiga erishildi.

Viloyatda joriy yilda "Obod qishloq" dasturi asosida 31 ta qishloqda keng qamrovli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi 77 mingdan ziyod aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilangan. 

"Yoshlar – kelajagimiz" Davlat dasturi asosida oʻtgan davrda tijorat banklari tomonidan 286 nafar yosh tadbirkorning biznes loyihasi uchun 33 milliard 798 million soʻm imtiyozli kredit ajratildi. Tuman-shaharlardagi har bir sektorlarda 76 ta "Yoshlar mehnat guzari" tashkil etish uchun bino va yer maydonlari ajratilib, tashabbuskor tadbirkorlar jalb qilindi. Qoʻshtepa tumani va Quvasoy shahrida "Yosh tadbirkorlar" kovorking markazi bunyod etilmoqda. Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davrida 29 nafar yosh tadbirkorlarga 7,5 milliard soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Prezidentimizning navbatdagi tashrifi davomida ham viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarning amalga oshirilishi, avvalgi tashrifda bergan topshiriqlarning ijrosi, aholining talab-ehtiyojlari bilan bevosita tanishish koʻzda tutilgan. 

OʻzA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali