Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Prezidentning yo'llarni ko'kalamzorlashtirishga doir yangi qarori

15689 22-Sentyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 21 Kb)


2017-yilning 11-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yo'llaridagi ko'kalamzorlashtirish va me'moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori imzolandi. 

Mazkur qaror avtomobil yo'llaridagi qurilmalarning me'moriy-badiiy sifatini tubdan oshirish, Respublikamiz avtomobil yo'llari bo'ylaridagi ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini – yo'l harakati xavfsizligi hamda atrof-muhit muhofazasi masalalarining zamonaviy talablariga javob bergan holda, yagona tizimli va kompleks asosda shakllantirish sifatini tubdan oshirish maqsadida qabul qilindi. 

Qarorga asosan O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi qoshidagi "Avtoyo'lko'kalamzorlashtirish" korxonasi "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasiga aylantirildi. 

Qabul qilingan qarorga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi markaziy apparati tuzilmasiga – ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalariga javob beradigan rais o'rinbosari lavozimi qo'shiladi hamda u bir paytning o'zida "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi direktori hisoblanadi. Shuningdek, qo'mita tarkibida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi. 

Qaror bilan "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi hamda korxonaning hududiy bo'linmalari namunaviy tuzilmalari ham tasdiqlandi. 

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali