Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Qamchiq" dovonida avtotransport vositalari harakati tiklanadi.

3991 28-Noyabr, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 387 Kb)


    A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka- Angren- Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining "Qamchiq" dovonidan o'tgan 185-285 (108-208) kilometr  qismlarida O'zbekiston Gidrometrologiya xizmati markazining 28-sonli buyrug'iga ko'ra,   2020 yilning 28 noyabr soat 8:00 dan  kuchli  shamol va qor ko'chkisi xavfi bo'lganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to'xtatilgan edi.


    Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibidagi "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan "Qamchiq" dovonining 185-285 (108-208) kilometr  qismlarida tezkorlik bilan yo'l tozalash ishlari amalga oshirildi. Avtotransport vositalarining harakati uchun tayyor holga keltirildi.



    O'zbekiston Gidrometrologiya xizmati markazining 2020 yil 28 noyabrdagi 29-sonli buyrug'iga binoan, ya'ni, kuchli shamol va qor ko'chkisi xavfining kamayganligi bois, A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka- Angren- Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining "Qamchiq" dovonidan o'tgan 185-285 (108-208) kilometr  qismlarida 2020 yil 28 noyabr kuni soat 11:30 da avtotransport harakati yo'lga qo'yiladi.    

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali