Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Qamchiq" dovonidagi yuk mashinalariga cheklov joriy etiladi

13530 6-May, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 108 Kb)


2017 yilning 1 iyulidan boshlab A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tgan qismida harakatlanayotgan yuk avtotransportlarining - o'qqa tushadigan yuklamasi 11,5 tonnadan ortiq bo'lganlariga ruxsat berilmaydi. 

Bunday avtotransport vositalari tomonidan tashib kelingan asosiy yuklar "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan, Qamchiq dovoni orqali o'tgan "Angren-Pop" temir yo'li orqali tashiladi. 

Mazkur qoida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 apreldagi "Qamchiq dovoni orqali o'tgan A-373 avtomobil yo'lidan samarali foydalanish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida joriy qilinadi.

Qarorda shuningdek, 2017 yilning 1 iyuliga qadar A-373 avtomobil yo'lining - Toshkent viloyatidan o'tgan 185-kilometridagi "Chinor" hamda Namangan viloyati hududidagi 273-kilometrida joylashgan "Sherobod" postlarida yuqori texnologiyalar bilan ta'minlangan nazorat punktlarini qurish, punktlardagi zamonaviy uskunalar yordamida yuk avtomobillarining og'irlik va hajmiy ko'rsatkichlarini, qolaversa, ularning o'qqa tushadigan og'irlik yuklamalarini aniqlashni yo'lga qo'yish belgilab berilgan. 


Eslatib o'tamiz, yuqoridagi bunday cheklovlar:

- vakolatli organlarning maxsus ruxsatnomalari orqali tashilayotgan katta hajmdagi va og'ir yuklarga, shuningdek,

- "Qamchiq" dovonidagi yo'l-transport infrazulilmasi ob'ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash ishlari uchun jalb etilgan texnikalarga nisbatan joriy etilmaydi.

Bugungi kunda nazorat punktlarini qurish jarayonlari davom etmoqda.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi 

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali