Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qamchiq dovonidagi zamonaviy sementbeton avtomobil yoʼllari

7115 9-Iyun, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 20 Kb)


Bugungi kunda Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasi Oʼzbekistondan oʼtuvchi xalqaro transport koridorlarida joylashgan avtomobil yoʼllarini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish Hukumat dasturlarini amalga oshirish boʼyicha kompleks ishlar olib bormoqda.

Jumladan, 2019 yil 21 noyabrda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi А-373 "Toshkent-Oʼsh" avtomobilь yoʼlining 116-190 km qismini rekonstruktsiya qilish" loyihasi doirasida iqtisod qilingan mablagʼlar evaziga ushbu yoʼlning eksperimental tarzda qurilgan 173-176 km qismini rekonstruktsiya qilish loyihasini amalga oshirish toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.

Buning natijasida, А-373 "Toshkent-Oʼsh" avtomobilь yoʼlining baland togʼli dovon qismi xalqaro standart talablariga javob beradigan yagona texnik parametrlarga yetkazilib, rekonstruktsiya qilish ishlari yakunlanadi. 

Shu munosabat bilan, "Yoʼl-loyiha byurosi" loyiha instituti tomonidan mavjud yoʼl qismini 6 tasmadan iborat (har bir yoʼnalishda 3 tadan tasma) sementbeton qoplamali avtomobilь yoʼliga oʼtkazish, shu bilan birga qoplamaning yuk koʼtarish qobiliyatini 13 tonnaga yetkazish hamda qatnov qismining kunlik oʼtkazuvchanlik qobiliyatini bir sutkada 40 ming avtotransport vositalaridan oshirishni hisobga olgan loyiha hujjatlari ishlab chiqildi.

Bugungi kunda, pudratchi "Evrascon" kompaniyasi tomonidan qurilish maydonida keng koʼlamli rekonstruktsiya qilish ishlari boshlab yuborilgan boʼlib, sementbeton qoplamaning yuqori sifatini taʼminlash maqsadida katta quvvatga ega yoʼl qurilish texnikalari hamda Germaniya va Koreya Respublikalaridan xalqaro darajadagi malakali mutaxassislar jalb qilingan.

Loyihani amalga oshirish doirasida, "Evrascon" kompaniyasi yuqori ish sifatini taʼminlash va resurslarni tejash imkoniyatini beradigan innovatsion texnologiyalar va mahalliy materiallarni qoʼllash orqali eski eksperimental qoplamani buzib olib, oʼrniga yangi zamonaviy sementbeton qoplamani qurishni rejalashtirgan.

Bajariladigan ishlar sifatini taʼminlash maqsadida qurilish ishlari ustidan texnik nazoratni Koreya Respublikasining "Sambo Engineering Co., Ltd." xalqaro konsalting kompaniyasi amalga oshirmoqda.

А-373 "Toshkent-Oʼsh" avtomobil yoʼlining 173-176 km qismi foydalanishga topshirilgandan soʼng, ushbu yoʼlning baland togʼli Qamchiq dovonidan oʼtuvchi 100 km qismida intellektual transport tizimi (ITS) joriy etilishi rejalashtirilgan boʼlib, buning natijasida transport vositalari oqimi, ob-havo sharoiti va yoʼl harakati xavfsizligini real vaqt rejimida monitoring qilish va boshqarish imkoniyati yaratiladi.

Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasi 

Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali