Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qiziqish bildirish so'rovi

2033 10-Iyun, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 12 Kb)

Davlat: O'zbekiston Respublikasi

Loyiha: "Maxalliy ahamiyatidagi avtomobil yo'llarini rivojlantirish"

XTA krediti: №56790-UZ

 

Topshiriq nomi: Toshkent viloyatida mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo'llarinining ko'shimcha uchastkalarini ta'mirlashga Texnik nazorat

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi "Maxaliy axamiyatdagi avtomobil yo'llarni rivojlantirish" loyixasi bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Jahon bankidan kredit olgan bo'lib, ayni payta ushbu mablag'larning bir qismini konsalting xizmatlarini yo'naltirmoqchi

Konsalting xizmatlari ("Xizmatlar") qo'yidagilarni o'z ichiga oladi:

(i) O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari qo'mitasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasiga (Buyurtmachi) qo'rilish ishlarini sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash maqsadida shartnomalarni boshqarish va texnik nazoratni amalga oshirishda ko'maklashish.

(ii) Yo'l loyihasiga binoan atrof-muhitni mahofaza qilish va ijtimoiy himoya choralarini to'liq bajarilishini ta'minlash

Mahalliy konsalting kompaniyasi o'z xizmatlarini 5 oy davomida taqdim etadi.

 

Respublika yo'l jamg'armasi vakolatli konsalting kompaniyalarini (Maslahatchi) xizmat ko'rsatishga Qiziqish bildirishga taklif etadi. Manfaatdor kompaniyalar xizmatlarni bajarish uchun malaka va tegishli tajribaga ega bo'lganligi to'g'risida ma'lumot taqdim etishlari kerak (risolalar, o'xshash topshiriqlarni tavsifi, o'xshash sharoitdagi ish tajriba, xodimlarning tegishli malakalari va boshqalar).

Faqat malakali kompaniyalar qisqa ro'yxatga qiritiladi. Qisqa ro'yxat mezonlari quyidagicha:

- Malahatchining umumiy va maxsus, shu jumladan xalqaro moliya institularni tomonidan maliyalashtrilgan yo'l qurilishiga texnik nazorat ko'rsatish bo'yicha tajribasi;

- O'zbekiston Respublikasida oldingi ish tajribasi;

- 8 yillik maxsus tajribaga ega malakali tayinlangan ekspertlar va asosiy ekspertlarning mavjudligi.

Manfaatdor kompaniyalar Jahon bankining 2011 yil yanvardagi va 2014 yil iyul oyida tahrirlangan "Jahon banki qarz oluvchilari tomondina XTTB va XTA kreditlari va grantlari uchun maslahatchilarni tanlash va yo'llash" ("Maslahatchilar uchun ko'rsatmalar") yo'riqnomasining 1.9 va 1.11-bandlariga muvofiq Jahon bankining manfaatlar to'qnashuvi va muvofiqlik bo'yicha siyosatiga e'tibor berishlari kerak.

Maslahatchilarning Qiziqish bildirishga so'rovlari individual firma, qo'shma korxona yo'ki sub-konsultant birlashma shakllarida taqdim etishlari mumkin. Qo'shma korxonaning barcha ishtirokchilari butun topshiriqlarning bajarilishi uchun birgalikda va alohida javobgar bo'ladilar. Biroq, sub-konsultantning tajribasi qisqa ro'yxatga olish uchun hisobga olinmaydi. Maslaxatchi Jahon banking 2011 yil yanvardagi va 2014 yil iyul oyida tahrirlangan "Jahon banki qarz oluvchilari tomonidan maslahatchilarni tanlash va yo'llash" yo'riqnomasida tavsiflangan malaka asosida tanlanadi. Ko'shimcha ma'lumotlarni qo'yidagi manzil bo'yicha ish vaqti 09:00 dan 18:00 gacha olishingiz mumkin.

Qiziqish bildirishnomalari 2022-yil 20-iyungacha yozma ravishda quyidagi manzilga (shaxsan yoki pochta, faks, elektron pochta orqali) asl nusxasi ingliz tilida va nusxasi rus tiliga tarjima bilan taqdim etiladi. Ingliz va rus tilidagi hujjatlar o'rtasida farqlar mavjud bo'lsa, ingliz tilidagi nusxa ustunlik qiladi.

Texnik topshiriqni olish uchun quyidagi havola bo'yicha o'ting yo'ki elektron pochta manziliga so'rov yuboring:

Ulug'bek Ganiev

"Maxalliy ahamiyatidagi avtomobil yo'llarini rivojlantirish" LAOG direktori

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari qo'mitasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi

 100000, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mustaqillik ko'chasi 68a, 6-qavat, 607-sonli xona

Tel: +(99871) 286-11-74, +(99871) 286-11-84;

            Elektron pochta: rrdproject14@gmail.com

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali