Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

QIZIQISH BILDIRISH SO'ROVNOMASI

1364 18-Mart, 2023 Chop etish Yuklab olish (PDF 11 Kb)

QIZIQISH BILDIRISH SO'ROVNOMASI

 

 

Mamlakat: O'zbekiston Respublikasi

Loyiha: Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida "Darband–Boysun–Elbayon" avtomobil yo'lining 5-70 km va 4R100 "Mang'uzor–Jarqo'rg'on–Bandixon–Oltinsoy–Denov" avtomobil yo'lining 128-174 km qismlarini rekonstruktsiya qilish

Soha: Shartnomalarni boshqarish bo'yicha mutaxassis

Paket raqami: SRRP/ICS/CM

Konsultant turi: Individual

Manba: Xalqaro

Tanlash usuli: Individual konsultant tanlovi

 

 

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi shartnomalarni boshqarish bo'yicha mutaxassis tanlovini e'lon qiladi.

Mutaxassis OTB tartib va qoidlaraiga muvofiq tanlab olinadi.

Mutaxassisga qo'yilgan malaka talablari: Shartnomalarni boshqarish bo'yicha xalqaro mutaxassis qurilish muhandisligi, huquqshunoslik yoki biznesni boshqarish yoki shunga o'xshash sohalarda kamida bakalavr darajasiga ega bo'lishi kerak. Mutaxassis yirik infratuzilma loyihalari uchun shartnomalarni boshqarish bo'yicha kamida 15 yillik tajribaga ega bo'lishi kerak, bunda xalqaro donorlar tomonidan moliyalashtirilgan hamda FIDIC shartnoma shakllaridan foydalanilgan loyihalar maqsadga muvofiq. Loyihalarni boshqarish institutidan (PMI) berilgan professional loyiha boshqaruvi (PMP) bo'yicha sertifikat yoki shu darajadagi sertifikat afzal deb topiladi. Shuningdek, MDH mamlakatlarida ish tajribasi va rus yoki mahalliy tilni bilish afzaldir.

 

Qiziqish bildirmoqchi bo'lgan konsultantlar xizmat ko'rsatish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini ko'rsatadigan ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak.

 

Batafsil ma'lumot va texnik topshiriqni OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimidagi (CMS) Konsultant xizmatlarini jalb qilish to'g'risidagi xabarnoma (CSRN)dan olish mumkin, shuningdek qiziqish bildirishnomalari OTBning konsultantlarni boshqaruv tizimi www.cms.adb.org orqali 2023 yil 17 aprelga qadar yuborilishi lozim.

 

Qo'shimcha ma'lumotni quyida ko'rsatilgan manzildan olish mumkin:

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68

Telefon: (99871) 268-99-68

Elektron manzil: surkhandarya.project@gmail.com

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali