Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

QIZIQISH BILDIRISH SO'ROVNOMASI

1495 8-Noyabr, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 11 Kb)

Mamlakat: O'zbekiston Respublikasi

Loyiha: Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida "Darband–Boysun–Elbayon" avtomobil yo'lining 5-70 km va 4R100 "Mang'uzor–Jarqo'rg'on–Bandixon–Oltinsoy–Denov" avtomobil yo'lining 128-174 km qismlarini rekonstruktsiya qilish

Soha: Beton qoplamalari bo'yicha mutaxassis

Paket raqami: SRRP/ICS/CPS

Konsultant turi: Individual

Manba: Xalqaro

Tanlash usuli: Individual konsultant tanlovi

 O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi gender masalalari bo'yicha milliy mutaxassis tanlovini e'lon qiladi.

Mutaxassis OTB tartib va qoidlaraiga muvofiq tanlab olinadi.

Mutaxassisga qo'yilgan malaka talablari: Xalqaro beton qoplamalari bo'yicha mutaxassis yo'l qoplamalari/materiallar sinovi yoki qurilish muhandisligi yoki geologiya bo'yicha kamida magistr darajasiga ega bo'lishi kerak. Mutaxassis 20 yillik tajribaga, shu jumladan MDH mamlakatlarida ustun bo'lgan loyihalash va qurilishda beton qoplamalarni baholash bo'yicha xalqaro ish tajribasiga ega bo'lishi kerak. Mutaxassis yo'l qurilishini loyihalashda innovasion materiallardan foydalanish jihatlari uchun javobgardir va MDH mamlakatlarida qo'llaniladigan qurilish qoidalari va normalari bilan ishlash tajribasiga ega bo'lishi kerak.

Qiziqish bildirmoqchi bo'lgan konsultantlar xizmat ko'rsatish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini ko'rsatadigan ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak.

Batafsil ma'lumot va texnik topshiriqni OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimidagi (CMS) Konsultant xizmatlarini jalb qilish to'g'risidagi xabarnoma (CSRN)dan olish mumkin, shuningdek qiziqish bildirishnomalari OTBning konsultantlarni boshqaruv tizimi www.cms.adb.org orqali 2022 yil 23 dekabrga qadar yuborilishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumotni quyida ko'rsatilgan manzildan olish mumkin:

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68

Telefon: (99871) 268-99-68

Elektron manzil: surkhandarya.project@gmail.com

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali