Qo'mita AKTdagi yutuqlari uchun taqdirlandi
Ma'lumki, shu kunlarda mamlakatimizda ICTWEEK Uzbekistan-2018 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o'tkazildi.
Mazkur haftalik yakunlari doirasida Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari "AKTni davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarida rivojlantirishdagi yutuqlari" nominatsiyasida taqdirlandi.
Mazkur taqdirlash marosimi haqidagi xabar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati